Saudiya Arabistonida qo‘shiqchi taqiqlangan raqsni ijro etgani uchun hibsga olindi

Saudiya Arabistonida qo‘shiqchi va teleboshlovchi Abdulloh Al-Shahaniy mamlakatda taqiqlangan raqs elementi – debni ijro etgani uchun hibsga olindi. Bu haqda 10 avgustda BBC News xabar berdi.
Qo‘shiqchi At-Taifdagi musiqiy festivaldagi ishtirokidan keyin hibsga olingan. Uni qanday jazo kutayotgani aytilmagan. Qo‘shiqchi bu ishi uchun tvitterda uzr so‘ragan.
Saudiya Arabistonida deb yaqinda Giyohvand moddalarga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomondan taqiqlangandi. Mas'ul shaxslarning fikricha, bu raqs marixuana iste'mol qilish bilan bog‘langan.
Deb 2012 yilda AQShning Atlanta shahrida paydo bo‘lgan. Uni ijro etishda raqqos tirsagidan bukilgan qo‘liga go‘yoki aksirmoqchidek bo‘lib boshini egadi va shu bilan bir vaqtda ikkinchi qo‘lini yon tomonga yuqoriga yozadi. Turli vaqtlarda debni Hillari Klinton, AQSh kongressi quyi palatasi spikeri Pol Rayan, futbolchi Pol Pogba va boshqa mashhur kishilar ijro etishgan.
Mavzuga oid

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025