Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
Germaniyaning Mercedes kompaniyasi tepa qismi ochiluvchi Mercedes-Maybach 6 kontseptini taqdim etdi. Yangi avtomobil Pebbl-Bich (AQSh)da nafislik tanlovi doirasida namoyish qilindi. Ta'kidlash joizki, 2016 yilda bu yerda Mercedes-Maybach 6 kupesi taqdim etilgan edi. "Avtonovosti dnya" nashri shu mavzuga to‘xtaldi.
Yangi avtomobilning uzunligi - 5,7 metr, eni esa 2 metrdan oshadi. Tepa qismi taxlanuvchi kabriolet bunday salmoqli o‘lchamlarga qaramay, atigi ikki o‘rinlidir. Agar kontsept-kar seriyali ishlab chiqarishga berilsa, nemis kabrioleti bozorda Britaniyaning Rolls-Royce Wraith avtomobili bilan raqobatlashadi.
Avtomobil o‘z dizayni bilan o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi klassik modellarni yodga solgan bo‘lsa, uning ichki qismi so‘nggi texnologiyalarga muvofiq ravishda ishlangan. Kabrioletning ichida muqobil jihozlar o‘rniga sensor ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobil tizimlari aynan shular orqali boshqariladi.
Mavzuga oid

12:15 / 24.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda

08:00 / 24.07.2025
Internetdagi qidiruv uchun jarima: Duma yaqinida namoyishchilar ushlandi

11:40 / 30.06.2025
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda

11:39 / 11.06.2025