Do‘stiga pichoq urgan shaxs ushlandi
O‘rtachirchiq tumani IIBga joriy yilning 7 avgust kuni soat 03.30 da markaziy shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, O‘rtachirchiq tumani To‘ytepa shahri Obod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.Z. tig‘li jismdan tan jarohati bilan markaziy kasalxonaga olib kelinganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar qilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida 6 avgust kuni soat 23.30 larda, A.Z. tanishi, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan L.D. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilishib, o‘zaro janjallashib, natijada L.D. A.Z.ni uyida osh pichog‘i bilan bir marotaba chap ko‘krak qafasiga urib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlandi. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan L.D.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

14:30 / 17.02.2025