Moody's G20 davlatlari iqtisodiyoti o‘sishini taxmin qildi

Foto: EPA
Moody's xalqaro reyting agentligining taxminiga ko‘ra, G20 mamlakatlari YaIMning umumiy o‘sishi 2017-2018 yillarda 3 foizni tashkil etadi. Bu haqda agentlikning matbuot relizida xabar berilgan.
«G20 davlatlari iqtisodiyotining o‘sishi 2016 yildagi 2,6 foiz bilan taqqoslaganda 2017 va 2018 yillarda 3 foizga qadar yetadi», - deya ma'lum qilishgan Moody's’dan.
Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, agentlik Germaniya YaIM o‘sishi prognozini ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqqan (2 foizdan 2,2 foizgacha) va Fransiya YaIM bo‘yicha prognozni 2017 hamda 2018 yillar bo‘yicha 1,6 foizga qadar yaxshiladi.
Avvalroq Tojikiston milliy valyutasi Moody's va S&P agentliklarining mustaqil reytinglariga ega bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:21 / 22.04.2025
Fitch 2025 yildagi global iqtisodiy o‘sish prognozini ikki foizgacha pasaytirdi

08:05 / 22.04.2025
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

14:35 / 15.04.2025
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi

10:53 / 12.04.2025