Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabrda Nyu-Yorkda (AQSh) BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi.
Ta'kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston rahbari BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy muhokamasida ilk bora nutq so‘zlaydi.
Bosh Assambleya Nyu-Yorkda 19-25 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston rahbari muhokamalarning birinchi kuni chiqish qiladi.
Tadbirning ilk kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va 72-sessiya raisi Miroslav Laychakning nutq so‘zlashi bilan boshlanadi. Shu kuni AQSh prezidenti Donald Tramp, Armaniston, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha va Fransiya prezidentlarining chiqish qilishi rejalashtirilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi davomida mojarolarning oldini olish, migratsiya, inson huquqlari himoyasi, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va tenglikni ta'minlash masalalari muhokama etiladi.
Mavzuga oid

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025