Janubiy Koreya KXDR sinovlariga javoban o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Foto: Reuters
J.Koreya qurolli kuchlari Shimoliy Koreya yadro sinoviga javoban ballistik raketalarni qo‘llagan holda mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
3 sentabr kuni KXDR vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgan edi. Sh.Koreya hukumatining ta'kidlashicha, yangi qurol QBRga o‘rnatilishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp, o‘z navbatida, Pxenyanning navbatdagi yadro sinovidan so‘ng, KXDRga zarba berish ehtimolini rad etmadi.
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis qo‘shimcha qilganidek, AQSh KXDRning o‘zi va ittifoqchilariga ko‘rsatayotgan har qanday tahdidiga munosib javob berishga tayyorligini aytgan edi.
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

11:35 / 05.06.2025