Severo-Kurilskdagi daryo o‘zanini o‘zgartirib, shaharni suv ostida qoldirdi

Saxalin viloyati Severo-Kurilsk tumanida «Sanvu» to‘foni oqibatlari bartaraf etilmoqda. Bu yerda favqulodda holat tartibi joriy qilindi, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi.
«Tsiklon o‘tib ketdi, yomg‘irlar tindi, shamol so‘ndi. Ammo, hozirda biz jiddiy muammoga duch kelganmiz. Kuzminka daryosi to‘fon chog‘ida o‘zanini o‘zgartirib, shaharga kirdi va turarjoy binolari yonidagi ko‘chalarda oqdi. Yetkazilgan zarar hisoblab chiqilgani yo‘q, ammo u o‘nlab million rublni tashkil etadi», — degan shahar hokimi o‘rinbosari Aleksandr Ovsyannikov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zanini o‘zgartirgan daryo ko‘plab garajlar va avtomobillarni oqizib ketgan. Bundan tashqari uylarning birinchi qavatlari ham suv ostida qolgan.
Ayni vaqtga kelib, suv ortga chekingan.
Mavzuga oid

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59 / 25.04.2025