Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerda to‘rtinchi darajali magnit bo‘roni kuzatilmoqda
Quyoshdagi chaqnashlar tufayli yuzaga kelgan zaryadlangan zarralarning zarba to‘lqini tufayli paydo bo‘lgan magnit bo‘roni besh ballik shkalada to‘rtga baholanmoqda. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining Quyosh Fizikasi instituti rentgen astronomiyasi laboratoriyasidan ma'lum qilishdi.
«Yerda besh ballik shkaladan to‘rtinchisida bo‘lgan magnit bo‘roni ro‘y bermoqda. Hodisa kuchi bashorat qilinganidan taxminan o‘n martaga ko‘p. Hozir Yerning tungi qismida bo‘lib o‘tgan Kanadada kuchli qutb yog‘dulari kuzatilmoqda. Bo‘ron butun sayyora miqyosida ro‘y berayapti», - deya xabar matnini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, Quyoshdagi bir necha chaqnashlar – so‘nggi uch kun davomida quyosh tojidagi o‘zgarishlarning tabiiy natijasidir.
Avvalroq Quyoshda bir hafta ichida ikkinchi kuchli chaqnash yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:02 / 29.07.2025
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

18:43 / 08.05.2025