Putin Qirg‘izistonda Rossiya aviabazasi nega joylashtirilganini aytdi

Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ala-Too 24» telekanaliga bergan intervyusida, Qirg‘izistonda Rossiya aviabazasining joylashtirilishiga nima sabab bo‘lganini tushuntirib berdi. Uning aytishicha, bunga respublikaning geografik jihatdan joylashuvi turtki bo‘lgan.
«Qirg‘izistondagi Kantda Rossiya aviatsiya bazasining borligi tasodifiy emas», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston - «aholi jihatidan juda ham katta bo‘lmagan, biroq geografik nuqtai nazardan juda qiziq davlatdir» hamda «qaysidir ma'noda hattoki muhim pozitsiyaga ega».
Putinning qo‘shimcha qilishicha, respublika o‘z vaqtida Sovetlar Ittifoqi davlatining mudofaa imkoniyatlarini saqlab qolish va oshirishda katta o‘rin tutgan.
Mavzuga oid

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025