Taylandda bir qator portlashlar oqibatida 2 politsiyachi halok bo‘ldi
Taylandning aksariyat aholisi malay millatiga mansub musulmonlarni tashkil qiluvchi Yalla viloyatida 14 sentabrda sodir etilgan uchta portlash oqibatida 2 politsiyachi halok bo‘ldi. Uchta qo‘lbola bomba ertalab politsiya bo‘limi yonida portlatilgan.
Yaralangan politsiyachilardan biri og‘ir jarohatlardan 15 sentabrda shifoxonada halok bo‘lgan, yana bir politsiyachi 14 sentabrda halok bo‘lgan.
Mamlakatning Uchinchi milliy telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida yaralanganlar soni 26 nafarga yetgan, ulardan ko‘pchiligini politsiyachi va harbiylar tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025