Las-Vegasdagi qirg‘in. Qurbonlar soni 10 barobar ortdi

Foto: AFP
Las-Vegas shahridagi kazino yaqinida o‘tkazilgan kantri-festival vaqtida o‘t ochilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 nafardan oshdi, 100dan oshiq kishi jarohatlangan. Bu haqda shahar politsiyasiga asoslangan holda AFP agentligi xabar tarqatdi.
Bundan avvalgi xabarlarda otishma vaqtida 2 kishi halok bo‘lgani, 24 kishi jarohatlangani aytilgandi.
Shuningdek, hujum ijrochisi politsiya tomonidan yo‘q qilingan.
U kazino yaqinidagi mehmonxonaning yuqori qavatlaridan birida turib pastdagilarni o‘qqa tutgandi.
Ba'zi xabarlarga ko‘ra, otishmaning boshqa ishtirokchilari ham bo‘lgan.
Politsiya vakillarining qayd etishicha, hodisa yuzasidan surishtiruv va boshqa jinoyatchilarni izlash ishlari olib borilmoqda.
Las-Vegas aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid

23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor

10:18 / 31.03.2025
Murmanskda noma’lum shaxs ko‘p qavatli uyning tomidan o‘t ochdi

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

22:26 / 02.03.2025