Inesta murosaga chaqirdi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi xavbeki Andres Inesta Kataloniyadagi vaziyat borasidagi fikrlarini bildirdi. Ayni vaqtda bu yerda Mustaqillik referendumidan keyin qirollikdan ajralib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda.
«Men avval bu mavzuda hech qachon ochiq fikr bildirmagandim. Ammo hozir biz boshqacha vaziyatdamiz, buni men juda yaxshi tushunib turibman.
Hali bir-birimizga zarar yetkazmasimizdan muloqotga kirishmoq zarur. Mas'ul shaxslar muzokaralar o‘tkazsin.
Biz uchun barcha ishni qilishsin. Biz tinch yashashga haqlimiz», – deya yozgan futbolchi tvitterida.
Inesta – «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u katalon emas. Bu futbolchi Kastiliya-La-Mancha viloyatida tug‘ilgan.
Mavzuga oid

16:39
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025