Wenger out. «Arsenal» «Uotford»ga yutqazdi

Angliya chempionatining 8-turida «Arsenal» «Uotford» mehmoni bo‘ldi. Uotford shahridagi «Vikareydj Roud» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘lim oxirida Per Mertezaker londonliklar jamoasini oldinga olib chiqqandi. Ammo o‘yinning ikkinchi bo‘limida, 71-daqiqada mehmonlar jamoasi darvozasiga penalti belgilandi va Troy Dini hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalar davom etayotganida, 92-daqiqada Tom Kleverli «asalarilar» jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.
Endilikda «Arsenal» 13 ochkosi bilan oltinchi o‘ringa tushdi, «Uotford» ochkolari sonini 15taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Angliya chempionati
8-tur
Uotford – Arsenal 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 39 Mertesaker, 1:1 – 71, penalti Dini, 2:1 – 90 Kleverli.
Uotford – Gomes, Mariappa (Karrilo, 63), Kabasele, Britos, Femeniya, Kleverli, Dukure, Xolebas, Pereyra (Kapu, 81), Grey (Dini, 63), Risharlison.
Arsenal – Chex, Koselni (Xolding, 85), Mertesaker, Monreal, Belerin, El-Nenni, Djaka, Kolashinats, Ivobi, Uelbek (Ozil, 61), Lyakazett (Jiru, 68).
Ogohlantirish: Kabasele (64).
Mavzuga oid

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025