ANONS: Prezident gaplari Ishtixon tumani IIB boshlig‘i uchun “pafos”mi yoki hokim yaroqli binoni qanday buzgani haqida jurnalistik surishtiruv
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida bir binoning buzilishi atrofida bo‘layotgan mashmashalar yuqoridagi fikrlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lmoqda. Shu yilning 14-16 sentabr kunlari KUN.UZ tahririyatining maxsus muxbirlari Samarqand viloyati fuqarolaridan tushgan murojaatlar yuzasidan jurnalistik surishtiruv
o‘tkazish maqsadida mazkur viloyatga xizmat safari uyushtirdi.
Ilk xulosamizga ko‘ra, ushbu bino hokimlik tomonidan noqonuniy ravishda yaroqsiz degan hujjat olinmasdan avval buzilgan.
Garchi tuman hokimligi bino buzilishi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 maydagi 291-son, 2017 yil 19 maydagi 295-son qarorlariga keltirilgan ilovalarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6-maydagi PQ 2961-sonli “2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining byudjyeti va Bolalar sporti obektlari hamda suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilganini ta'kidlayotgan bo‘lsa-da, mazkur hujjatlarga taqdim etilgan va Lex.uz bazasiga joylangan ilovalarning hech birida buzilgan bino nomi hamda manzili kiritilmagani aniqlandi. Shu va boshqa tafsilotlar haqida keyingi chiqishlarimizda tanishing.

Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025