O‘rgimchakning baqaga hujum qilgani amerikalikning hushini uchirdi
Florida shtati fuqarosi baqaning Braziliya ko‘chuvchi o‘rgimchagining iniga tushib qolganini videotasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Lavha Youtube saytiga joylashtirilgan.
Unda o‘rgimchakning bir necha soniyada ovini qalin to‘rga o‘rab tashlanganini ko‘rish mumkin. Bunga guvoh bo‘lgan operator kadr ortidan baland ovozda baqirgani eshitiladi.
Lavha muallifi videoga qoldirgan izohida aytishicha, u o‘zi istiqomat qilayotgan hududda paydo bo‘lgan o‘rgimchaklardan atigi bittasini tasvirga olgan. Videoni tomosha qilganlar baqani qutqarishga urinmaganlari uchun mualliflardan jahllari ham chiqqan.
Braziliya ko‘chuvchi o‘rgimchagi juda hujumkor hisoblanadi. Uning zahri juda ham kuchli neyrotoksinga ega bo‘lib, mushaklar ishlamay qolishiga hamda buning oqibatida bo‘g‘ilib o‘lishiga olib kladi. Bu o‘rgimchak odatda Markaziy va Janubiy Amerikada ko‘p uchraydi. Ammo, ular banan ortilgan konteynerlarda Yevropaga ham yetib keladi. Shu boisdan ham ular banan o‘rgimchaklari deb ham ataladi.

Mavzuga oid

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025