AQSh sobiq prezidenti Shimoliy Koreyaga jo‘nab ketish istagida ekanini bildirdi
The New York Times jurnalisti bilan suhbatlashgan AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter intervyu chog‘ida diplomatik xizmat yuzasidan Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga tayyor ekanini bildirib o‘tgan.
Jurnalist undan «amaldagi prezidentga ko‘maklashish uchun diplomatik xizmat mas'uliyatini zimmangizga olasizmi», deya bergan savoliga siyosatchi quyidagicha javob berdi:
«Men Shimoliy Koreyaga borgan bo‘lardim, ha!».
Karter bu mavzu yuzasidan prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan suhbatlashganini, ammo rad javobini olganini aytib o‘tdi.
«Agar foydam tegsa, men har doim hukumat uchun yordam berishga tayyor ekanimni bildirganman», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi

13:00 / 06.05.2025