Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gul qo‘ydi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Mustafo Kamol Otaturk o‘z vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan va Turkiya Respublikasiga asos solgan inson sifatida qadrlanadi. Anitkabir yodgorlik majmuasi uning davlat va xalq oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan.
O‘zAning yozishicha, 750 kvadrat metr maydonni egallagan majmua maqbara, muzey, bog‘ va boshqa obektlarni o‘z ichiga olgan.
«Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi», — deya xabar bermoqda agentlik.
Mavzuga oid

19:19
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:01 / 30.07.2025
Bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

14:59 / 30.07.2025