Koreya yarimorolidagi urushning ilk kunlari yuz minglab odamlar halok bo‘lishi mumkin – Bloomberg

Foto: AFP
Koreya yarimorolidagi urushning ilk kunlari yadroviy qurol qo‘llanmagan taqdirda ham yuz minglab odamlar halok bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi.
AQSh kongressining tadqiqot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, agar Shimoliy Koreya an'anaviy qurollardan foydalanganda ham janglarning birinchi kunlari halok bo‘lganlar soni 30 mingdan 300 minggachani tashkil qiladi".
Shimoliy Koreya chegarada katta miqdorda artilleriya joylashtirgani evaziga "minutiga 10 mingta snaryad otishga qodir".
"Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy, biologik yoki kimyoviy qurolini qo‘llaydigan uzoq kechuvchi urush ulkan sondagi qurbonlarga olib keladi hamda Yaponiya va AQSh hududini qamrab oladi", deyilgan hisobotda.
Voqealarning bunday rivoji AQSh qurolli kuchlarining Koreya yarimorolida katta kuchlarni safarbar qilishiga va harbiylar orasida katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ziddiyat kattalashib, unga Xitoy, Yaponiya va Rossiya ham tortilishi mumkin.
Mavzuga oid

09:10 / 19.04.2025
Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi

13:55 / 14.04.2025
Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha muzokaralarning borishini baholadi

10:16 / 08.04.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi

12:22 / 29.03.2025