OAV: Saudiya Arabistonida to‘yga kelgan mehmonlarga "ayfonlar" sovg‘a qilindi

Foto: Mark Lennihan/AP
Saudiya Arabistonida o‘tgan nikoh to‘yi videosi Twitter, Instagram va YouTube’ning Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilari orasida ommaviylashmoqda. Video internet resurslarda shu haftada joylashtirilgan.
Misrning El Bashayer nashrining ma'lum qilishicha, video mualliflari unga berilgan izohda to‘yga kelgan mehmonlarning har biriga yangi iPhone 8 smartfonlari sovg‘a qilinganini ma'lum qilishgan. Aynan shu holat ko‘plab foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilgan.
Videoda to‘yda xizmat qilgan ofitsiantlar patnislarda "ayfonlar" qutilariga o‘xshash ko‘plab qutilarni to‘yxonaga olib kirishayotganini ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, niqoh to‘yi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan. Ko‘plab foydalanuvchilar to‘y egalarini bunday isrofgarchilik uchun tanqid qilishgan.
Biroq to‘yda bo‘lgan mehmonlardan birining Al Bawaba internet-nashriga ma'lum qilishicha, aslida qutilarda smartfonlar emas, shirinliklar to‘plami bo‘lgan. Manbaning ta'kidlashicha, bunday shirinliklarning mehmonlarga tortiq qilinishi an'anaviy hol bo‘lib, mehmondo‘stlik ifodasi hisoblanadi.
Mavzuga oid

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

08:45 / 21.04.2025
2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi

01:01 / 15.04.2025
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi

21:18 / 14.04.2025