Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan bosh vaziri nima uchun iste'foga chiqqanini ma'lum qildi

Foto: Getty Images
Livan hukumati raisi Saad al-Haririy o‘z vazifasidan iste'fo berishiga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritdi. Bu LBC telekanali habar bermoqda.
Haririy o‘z bayonotida aytishicha, Livandagi hozirgi vaziyat avvalgi bosh vazir Rafiq al-Haririy o‘ldirilgan vaqtdagi muhitga o‘xshab ketadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Saad al-Haririy sobiq bosh vazir taqdiriga duch bo‘lishdan qo‘rqayotganini ham e'tirof etgan. Rafiq al-Haririy 2005 yil 14 fevralda Bayrtdagi suiqasdda vafot etgan edi.
Saad al-Haririy esa «Al-Mustaqbal» partiyasi yetakchisi sanaladi. U 2009-2011 yillarda shu vazifani bajargan va 2016 yil noyabr oyidan bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

14:30 / 29.07.2025
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi

08:24 / 30.06.2025
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:59 / 23.03.2025