Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kopengagenda turklarning samolyoti ushlab qolindi
Daniya politsiyasi Kopengagen shahridan Istanbulga uchib ketishi rejalashtirilgan samolyotda tekshiruv o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bunga Atlasglobal kompaniyasiga tegishli samolyotga nisbatan tahdid bildirilgani sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Reuters.
«Yevropadagi Atlasglobal samolyot bortida xavf mavjudligi haqida Kopengagen politsiyasi zobitlari tomonidan ogohlantirilgan», deydi terminal xodimi. Aniqlanishicha, samolyot aeroport terminalidan uzoqroq masofaga olib ketilgan.
Politsiya xodimlari tergov-qidiruv ishlarini boshlashi bilan terminalning 9ta yo‘lagi xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turdi. Terminal xodimiga tayanib Reuters muxbiri ushbu hodisaning tafsilotlari ochiqlanmayotganini aytadi.
Mahalliy politsiya samolyot bilan nima yuz berganini birozdan keyin ma'lum qilishini bildirdi.
Mavzuga oid

22:34 / 22.09.2021
Dunyoning eng xavfsiz shahri ma'lum qilindi

20:26 / 17.05.2019
Kopengagenda velosiped tantanasi: daniyaliklar tirbandliklar ustidan g‘alaba qozonib, velosipedlarga qanday o‘tgani haqida

20:44 / 15.01.2019
Kopengagendagi talabalar yotoqxonasiga xush kelibsiz!

15:30 / 24.12.2017