Elchi: Rossiyada tahsil olayotgan MDH talabalari orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinda
Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta'lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik shiddat bilan rivojlanmoqda. Mazkur soha ikki mamlakatning gumanitar hamkorligidagi eng ustuvor yo‘nalishga aylangan. Ayni damda Rossiyada tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar MDH davlatlari orasida umumiy hisob bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish” an'anaviy anjumanidagi nutqi asosida Kun.uz muxbiri ma'lum qildi.
“O‘zbekiston yoshlari orasida rus tili va madaniyatiga nisbatan bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda. Shuningdek, RF standartlari bo‘yicha oliy ta'lim maskanlarida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq ham ortmoqda. O‘zbekistondan har yili minglab abituriyentlar Rossiya oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi. Umumiy hisob bo‘yicha esa O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinda (24 mingdan ortiq talaba) turadi”, deya qayd etdi Tyurdenev.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkentda Rossiyaning uchta universiteti filiallari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ayni damda Rossiyaning yana boshqa universitetlarining yangi filiallarini ochish rejaga kiritilgan.
Mavzuga oid

21:10 / 09.01.2021
Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi?

22:23 / 30.12.2020
Putin Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisini orden bilan taqdirladi

23:49 / 22.12.2020
«O‘zAtom» rus elchisining AES haqidagi gaplarini rad etdi. Hali kelishuvga erishilmagan

17:31 / 22.12.2020