«Pul yoki ozodlik»: saudiyalik shahzodalarga tanlash imkoniyati berilgan

Foto: Shutterstock
Saudiya Arabistoni hukumati podshohlik oilasining korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olingan a'zolariga mol-mulklarini ozodlikka almashtirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Financial Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, hukumat shu tariqa davlat g‘aznasini yuz milliardlab dollarga to‘ldirishni rejalashtirib qo‘ygan.
«Ular Ritz’da (Ritz-Carlton mehmonxonasi – tah.) bo‘lgan aksariyat bilan muzokaralar olib borishmoqda. Ularga mol-mulk, pullarni chiqaring va ozod bo‘lishingiz mumkin, deyilgan», - deya aytib o‘tgan manba.
Gazeta suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olingan milliarderlardan biriga o‘z boyligining 70 foizini davlatga o‘tkazib berish taklifi bilan ham chiqishgan. Qayd etilishicha, bu korrupsiya faoliyati tufayli yetkazilgan zararni qoplashga ketadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV saudiyalik milliarderlar vahimaga tushib qolgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

08:45 / 21.04.2025
2025 yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklar uchun munosib sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025