Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinaning suv osti kemasi yo‘qolgan joyda portlash qayd etilgani ma'lum qilindi

Foto: EPA-EFE/Carlota Ciudad
Argentina harbiy-dengiz kuchlari (HDK) San Juan suv osti kemasi oxirgi marta aloqaga chiqqan joy yaqinida u yo‘qolgan kuni – 15 noyabrda portlash yuz bergani haqida ma'lumot oldi. Bu haqda Argentina HDK vakili Enrike Balbi ma'lum qildi.
“Bizga anomal, qisqa, kuchli, portlashga mos bo‘lgan noyadroviy xarakterdagi bitta hodisa bo‘lganini ma'lum qilishdi”, deb aytgan Balbi matbuot anjumanda.
Balbining aytishicha, bu ma'lumotni Avstriya taqdim qilgan. Uning ta'kidlashicha, ushbu hodisa qayd qilingan joy avvalroq Argentinaga AQSh ma'lum qilgan “gidroakustik hodisa” qayd qilingan nuqta bilan mos tushmoqda.
Balbining ma'lum qilishicha, Argentina HDKning 3 ta kemasi “suv osti kemasi bilan aloqa o‘rnatish” uchun bu hududda patrul nazorati olib bormoqda. Ularga 23 noyabrda yana 6 ta kema qo‘shilgan. Portlash qayd qilingan joy ustidan AQSh harbiy-havo kuchlarining Boeing P-8 Poseidon samolyoti kuzatuv olib bormoqda. “Boshqa hududlarda ham qidiruv davom etmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Balbi.
Argentinaga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, portlash kema yo‘qolgan kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:31 da qayd qilingan. Kema esa oxirgi marta aloqaga soat 7:30da chiqqan.
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025