Saudiya Arabistoni AQShni Al-Quds bo‘yicha qarorini o‘zgartirishga chaqirdi

Foto: REUTERS/Assad Hani
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr AQShni Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Saudiya Arabistoni AQShning Yaqin Sharqdagi uzoq yillik eng yaqin hamkori hisoblanadi.
“Saudiya Arabistoni AQSh ma'muriyatini Al-Quds bo‘yicha qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi”, deb aytgan al-Jubayr Qohirada o‘tgan Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida. Uning ta'kidlashicha, butun jahon hamjamiyati Falastin muammosi yechimini izlash bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirishi kerak.
Mavzuga oid

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi

09:34
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi

23:40 / 12.06.2025