Nyu-Yorkda portlash ro‘y berdi, bir necha kishi jarohatlandi

Nyu-Yorkning Manhetten dahasi hududida, Port Autoriti vokzalida portlash ro‘y bergan. Bu haqda politsiyaga asoslanib Reuters xabar tarqatdi.
Mahalliy televideniyeda ushbu portlash oqibatida bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Shuningdek, portlovchi qurilma o‘rnatgani gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Hozircha hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Hududdan yo‘lovchilarni va metro xodimlarini evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgan.
Port Autoriti AQShdagi eng yirik avtovokzallardan biri hisoblanadi, u yiliga 65 mln nafardan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

21:10 / 02.04.2025