Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin G‘oibnazarov o‘z jangi bekor bo‘lganiga izoh berdi

Foto: newsday.com
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarovning Stiven Ortizga qarshi jangi Top Rank menejyerlari talabiga ko‘ra qoldirilgan. Bu haqda G‘oibnazarovning o‘zi KUN.UZ‘ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Mashg‘ulotlar yaxshi kechayotgandi. Jangga ikki hafta qolganda o‘ng qo‘limdan jarohat oldim. 2014 yilda qo‘lim chiqib ketgandi. O‘sha jarohat yana qaytalab qo‘lim og‘rib qoldi. Menga qolsa, bir qo‘limda bo‘lsa ham jang qilmoqchi edim. Albatta, hozir bir qo‘lim bilan deganimda ham, jang bo‘lsa baribir og‘irayotgan qo‘limni ham ishlatgan bo‘lardim. Ammo menejyerlar yaxshisi to‘liq sog‘ayib olishimni, ularga mening sog‘lig‘im kerakligini aytishdi. Shu sabab bilan jang bizning tomon talabi bilan bekor bo‘ldi.
2018 yilning yanvaridan yana mashg‘ulotlarga qaytaman. Mart oyining o‘rtalarida jangga tushmoqchiman. Hozircha jang qilish uchun ikkita aniq variant chiqib turibdi. Jang yo Dubayda bo‘ladi yoki Nyu-Yorkda. Raqibga keladigan bo‘lsak, o‘sha Stiven Ortiz variantida to‘xtab turibmiz. Agar u oldinroq jang o‘tkazib qo‘ysa, balki boshqa raqib bo‘lishi ham mumkin», degan G‘oibnazarov.
Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov va Ortiz o‘rtasidagi jang 2017 yilning dekabrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bungacha 9 dekabrda bo‘ladigan jangdagi raqiblar uch marta almashgandi.
Mavzuga oid

08:21 / 20.07.2025
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025