«Real» yoki «Barselona»? - Ronaldo qaysi klubdan ko‘proq minnatdor ekanini aytdi

Foto: Depor
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo «Real» va «Barselona» klublari haqidagi fikrini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi har ikkala klub tarkibida ham o‘ynagandi. Ronaldoning qayd qilishcha, u «Real»dan ko‘proq minnatdor.
«Men «Barselona»da eng yaxshi mavsumni o‘tkazganman, ammo «Real»dan ko‘proq minnatdorman. Eng yaxshi xotiralarim Madrid bilan bog‘liq.
«Barselona»dagi davrim yomon tugagan, ko‘proq Neymarnikiga o‘xshab ketadi. Romario va Ronaldino bilan ham shunga o‘xshash voqealar yuz bergan edi. Ammo «Barselona» – juda zo‘r klub», – deb Ronaldo so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025