Falastinliklar Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha “asr bitimi”ni qabul qilmaydi – Abbos

Foto: AP Photo / Emrah Yorulmaz
Falastinliklar Isroil bilan ixtilofni hal qilishda AQShni vositachi deb hisoblamaydilar va AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq bo‘yicha tayyorlayotgan “asr bitimi”ni qabul qilmaydilar. Bu haqda Falastin yetakchisi Mahmud Abbos aytdi.
Abbos buni Falastinning ozod qilish tashkiloti markaziy kengashining Trampning Al-Quds bo‘yicha bayonoti yuzasidan o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Biz Trampga “yo‘q” dedik. Biz “asr bitimi” deb atalayotgan bitimni qabul qilmaymiz. Biz Isroil bilan muzokaralarda AQShni vositachi deb hisoblamaymiz”, deb aytgan Abbos yig‘ilishda.
Abbos AQShning Isroildagi elchisi Devid Fridman bilan uchrashish takliflarini rad etganini ma'lum qildi.
Abbos ixtilofni 1967 yilgi chegaralarga ega, o‘z ichiga Sharqiy Al-Qudsni oluvchi Falastin davlati tuzishni ko‘zda tutuvchi xalqaro huquqiy asosda hal qilishga intilishini ta'kidlab o‘tdi.
“Al-Quds – buni istaydilarmi-yo‘qmi, bizning poytaxt. Biz bu yerda qolamiz va okkupatsiya hamda turar joylar qurilishiga qaramay, hech qayerga ketmaymiz”, deb aytgan Abbos.
Abbos, shuningdek, falastinliklar BMTda to‘laqonli a'zolikka erishishga intilishlarini aytdi. Hozirda Falastin BMTda “kuzatuvchi davlat” maqomiga ega.
Mavzuga oid

09:19 / 09.06.2025
Isroilda Tunberg bo‘lgan kemani G‘azoga kiritmaslik haqida buyruq berildi

11:35 / 07.06.2025
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar

13:09 / 04.06.2025
BMT: Isroilning G‘azodagi tinch aholiga hujumi urush jinoyati bo‘lishi mumkin

15:05 / 03.06.2025