Jahon | 08:10 / 17.01.2018
15527
1 daqiqa o‘qiladi

BAAdagi cho‘lda chuchuk suvning dunyodagi eng katta zaxirasi yaratildi

Foto: Russianemirates.com

Abu-Dabida, Liva cho‘li ostida chuchuk suv bilan to‘ldirilgan dunyodagi eng katta sun'iy rezervuar yaratildi. Bu haqda Abu-Dabida o‘tayotgan Abu Dhabi Sustainability Week ekologik forumining birinchi kuni ma'lum qilindi.  

Rezervuar 80 metr chuqurlikda joylashgan. Loyiha 315 ta quduqdan iborat tarmoq bo‘lib, bu quduqlar orqali Shuvayhatdagi suvni chuchuklashtirish stansiyasidan rezervuarga har kuni 32 mln litr (32 ming tonna) suv kelib turgan. Rezervuar 27 oy davomida to‘ldirilgan.

Shu tariqa BAAda 26 mln kub metr miqdorda chuchuk suv zaxirasi yaratildi. Loyiha qiymati 435 mln dollarga baholangan. Barcha kelayotgan suv qat'iy sanitar nazoratdan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid