AQShda ishchi kuchi bilan muammolar yuzaga keldi

Foto: The Low-Down
AQSh kompaniyalari ishchilar topa olmayotganlari va ish o‘rinlarini band qila olmayotganlaridan shikoyat qilishmoqda. AQSh mehnat bozori ishchi kuchi yetishmasligini his qilmoqda. Bundan AQSh Federal zaxira tizimining (FZT) ma'ruzasi darak bermoqda.
“FZT butun mamlakat bo‘ylab mehnat resurslari yetishmayotganini qayd qilmoqda. Korxonalarda bo‘shliqlarni to‘ldirish va ishchilarni ushlab qolishning yagona imkoni qolmoqda – bu maoshlarni oshirish”, deyilgan ma'ruzada.
Mehnat bozoridagi muammolar kompaniyalarga ziyon keltira boshladi. FZTning ta'kidlashicha, joriy bosqichda muammo katta ko‘lamli ko‘rinish olmagan, biroq shunday davom etsa, buning xavfi bor. Mehnat bozori 2017 yilning dekabridan ishchi kuchi tanqisligini sezmoqda.
FZT ishchi kuchi yetishmasligining misoli sifatida Yangi Angliya, Sharqiy sohilbo‘yi, Vashington, Kentukki va boshqa ko‘plab joylarni keltirgan. Vashingtonda, misol uchun, malakali quruvchilar yetishmaydi, bu esa qurilish kompaniyalarini ishchilar oyligini oshirishga majbur qiladi, bunga ketgan xarajatlar esa uy-joyning yakuniy tannarxi oshishiga olib keladi. Yangi Angliyada ofitsiant va oshpazlar, Sharqiy sohilbo‘yida esa malakali haydovchilar yetishmasligi muammosi mavjud.
Mavzuga oid

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

10:20
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025