Foto: Tezkor tibbiy guruh Qozog‘istonga uchib ketdi
18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida, Toshkent vaqti bilan 09:30 atrofida, «Samara—Chimkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus halokatga uchradi. Avtobusda 57 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 52 nafari voqea joyida vafot etgan, 5 nafar kishi jarohatlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati Kun.uz nashriga ma'lumot berishicha, vazirlikda halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor tibbiy guruh tashkil etildi va guruh Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi. Kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-med ekspert va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan ushbu guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta'minlangan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi.
Mavzuga oid

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025