AQShda Atlas V raketasi harbiy sun'iy yo‘ldosh bilan fazoga uchirildi

Foto: Space.com
19 yanvarda Kanaveral burnidagi (Florida shtati) kosmodromdan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan GEO-4 sun'iy yo‘ldoshiga ega Atlas V raketa-tashuvchisi fazoga uchirildi.
GEO-4 jangovar raketalar qo‘llangani haqida tezkorlik bilan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan. Raketa dastlab 18 yanvarda uchirilishi kerak edi, biroq parvoz texnik nosozlik sababli qoldirilgandi. Parvoz United Launch Alliance (ULA) kompaniyasi tomondan amalga oshirildi.
Sun'iy yo‘ldoshning og‘irligi 4,5 tonnani, xizmat mudddati 12 yilni tashkil qiladi. Ushbu qurilma AQSh harbiy-havo kuchlari tomondan yaratilayotgan koinotda joylashgan infraqizil tizimning bir qismiga aylanishi kerak. Tizim vazifalari raketa parvozlarini kuzatish va Yerga ular haqidagi ma'lumotlarni uzatish bilan cheklangan. Tizimga hozirda 10taga yaqin, jumladan GEO-1, GEO-2, GEO-3 sun'iy yo‘ldoshlari kiradi. GEO sun'iy yo‘ldoshlari infraqizil sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, Yerdagi muayyan obektlar ortidan kuzatuv olib boradi.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23 / 23.05.2025