Erdo‘g‘an Suriya chegarasiga keldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat janubidagi Xatay viloyatiga, Suriya bilan chegaradosh hududga keldi. Bu haqda NTV xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, u «Zaytun butog‘i» amaliyotining qo‘mondonlik shtabida bo‘lgan va harbiy boshliqlardan raportlarni qabul qilgan.
Turkiya prezidentiga bosh vazir o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘, shuningdek, Mudofaa vaziri Nurettin Janikli hamda quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Yashar Guler hamrohlik qilgan.
Bundan oldinroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li AQShni Suriyadagi qurollangan kurdlar tuzilmalari masalasi bo‘yicha berilgan barcha va'dalarni buzishda ayblagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

19:55 / 05.06.2025
G‘azo, Suriya va Eron: Yaqin Sharqdagi so‘nggi o‘zgarishlar tahlili

15:50 / 04.06.2025