Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda birinchi prezidentning davlat va xalq oldidagi buyuk xizmatlariga munosib ulug‘vor maqbara majmua bunyod etildi.

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashriflari davomida majmua qurilishining borishi bilan bir necha bor tanishdi. Ushbu maskanni yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylantirish, ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.
Tadbir ishtirokchilari, mamlakatning barcha joylaridan kelgan fuqarolar maqbarani ziyorat qilib, gullar qo‘ydilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘ydi.
Shu kuni Forumlar majmuasida elga ehson oshi tortildi.
Mavzuga oid

14:28
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025