Instagram videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Foto: Pexels
Mashhur fotoilova borgan sari WhatsApp yoki Skype messenjerlariga o‘xshab bormoqda. Tez orada Instagram'da videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ladi. Wabetinfo portali shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq hozirda foydalanuvchilar o‘rtasidagi videoaloqa imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek dolzarb versiya kodida yangi funksiyaga ishora aniqlangan. Kelgusida xabarlar blokini ochib, muayyan bir foydalanuvchi tanlanganda o‘ng tomondagi yuqori burchakda kamera ikonasi paydo bo‘ladi.
Ilova proshivkasini o‘rgangan ekspertlar hozirda tugma nofaol ekanini aniqlashgan. Biroq tez orada foydalanuvchilar video orqali bir-birlari bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi. Texnologiya aynan qachon ommaga taqdim etilishi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid

16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

22:30 / 02.01.2025