Qozog‘iston tashqi qarzi miqdori ma'lum qilindi

Foto: Fotolia
Qozog‘istonning tashqi qarzi so‘nggi 10 yil ichida 74,6 mlrd dollarga oshib, 2017 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra 168,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qozog‘iston Milliy banki ma'lumotlariga ko‘ra, tashqi qarzlarning o‘sishi, asosan, xorijiy kompaniyalar filiallari tomonidan mamlakat hududida neft-gaz loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan firmalararo qarzdorlikning o‘sishi hisobidan yuz berdi (+76,7 mlrd dollar). Shuningdek, iqtisodiyotning moliyaviy bo‘lmagan sektori (+26,2 mlrd dollar) va hukumatning (+10,8 mlrd dollar) yevrobondlarni chiqarish hamda kreditlarni jalb qilish tufayli tashqi qarzlari ko‘paygan.
Milliy bankning tashqi majburiyatlari deyarli o‘zgarishsiz qoldi, mamlakat tashqi qarzi hajmidan o‘rtacha 0,6%ni tashkil etdi.
Mavzuga oid

15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi

12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025