AQShning Chikago va Klivlend shaharlari Hyperloop liniyasi bilan bog‘lanishi mumkin

Foto: Hyperloop
Hyperloop Transportation Technologies (HTT) kompaniyasi AQShning Klivlend shahridan Chikago shahrigacha yo‘lga (550 km) ketadigan vaqtni 28 daqiqagacha kamaytirmoqchi. Kompaniya shaharlar orasida vakuum magistral o‘tkazmoqchi. Bu magistral orqali 1100 km/tezlik bilan yo‘lovchi kapsulalar harakatlanadi. HTT hukumat bilan AQShda ushbu tizimning birinchi ekspertizasini o‘tkazishga kelishib oldi. Bu ekspertiza Hyperloop liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirib bo‘lish-bo‘lmasligi bo‘yicha qaror chiqarishi kerak. Bunda hukumat ushbu g‘oyani rasman ma'qullashiga imkoniyat paydo bo‘ladi.
Yanvarda HTT bosh direktori Dirk Alborn joriy yildayoq vakuum liniya qurilishi ilk real loyihasini taqdim qilishga va'da bergandi. Uning aytishicha, liniya uch yil ichida ishga tushiriladi. Biroq Alborn kompaniya uchun AQSh eng istiqbolli va muhim yo‘nalish emasligini tan olgan. Uning fikricha, Hyperloop’ning kelajagi Osiyodadir. Misol uchun, kompaniya 2017 yil oktabrda Hindistonning Andxra-Pradesh shtati hukumati bilan kelishuv tuzgan. Kompaniya Amaravati va Vijayavada shaharlari o‘rtasida Hyperloop liniyasini o‘tkazmoqchi.
Mavzuga oid

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27 / 29.04.2025