Narkofurush ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib yana qo‘lga olindi

Foto: ITAR-TASS
Italiyaning Turin shahrida narkodiler ozodlikka chiqarilganidan bir soat o‘tib yana qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Malida tug‘ilgan 29 yoshli shaxs 15 fevral kuni hibsga olingan. Politsiyachilar Turin shahridagi ko‘chalardan birida shubhali erkakni ko‘rib qolishgan. Tekshiruv paytida uning yonidan 30 gramm marixuana topildi, gumonlanuvchi uni skameyka ichiga yashirmoqchi bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari erkakning barmoq izlarini ma'lumotlar bazasiga kiritishganida, narkodiler so‘nggi marta bir kun avval, 14 fevral kuni qo‘lga olingani, ozodlikka esa 52 daqiqa oldin chiqarilgani ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek politsiyaning aniqlashicha, gumonlanuvchiga Turinda istiqomat qilishga taqiq qo‘yilgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025