Tramp vaqtida ilk bor Guantanamodagi mahbus uchinchi tomonga topshiriladi

Foto: US NAVY / Shane T. McCoy
Donald Tramp prezidentligi vaqtida Guantanamo turmasidagi mahbus ilk bor uchinchi tomonga – Saudiya Arabistoniga topshiriladi. Bu haqda Pentagon vakili, harbiy-dengiz kuchlari kapitani Sara Xiggins ma'lum qildi.
Uning aytishicha, AQSh “mahbus yaqin orada topshirilishiga” umid qilmoqda. Ahmad ad-Darbiy ismli mahbusning Saudiya Arabistoniga topshirilishining oxirgi muddati 20 fevralga belgilangandi, biroq AQSh Ar-Riyoddan mahbusning saqlanishi bo‘yicha ba'zi “kafolatlar” berilishini talab qilgani sababli bu muddatni o‘tkazib yubordi.
Ad-Darbiy 2014 yilda AQSh harbiy komissiyasi oldida fransuz tankeriga hujum qilishda aybdorligini tan olgan. U ko‘rsatmalar berishi evaziga sobiq jangarilarni “reabilitatsiya qilish” dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga jo‘natilmoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025