Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonning Turkmanobod shahrida xalqaro aeroport ochildi

Foto: Turkmenportal
26 fevralda Turkmanistonning Lebap viloyati ma'muriy markazi bo‘lgan Turkmanobod shahrida xalqaro aeroport ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, mahalliy xo‘jalik “Gundo‘gdi” tomondan qurilgan aeroport shahardan 13 km uzoqlikda hamda Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yo‘li va Ashxobod-Kerki temir yo‘li yaqinida joylashgan.
Aeroport soatiga 500 yo‘lovchi o‘tkaza oladi. Uzunligi 3800 metr va eni 65 metr keladigan yangi uchish-qo‘nish polosasi parvozlarni ta'minlovchi zamonaviy vositalar – yorug‘lik-signal beruvchi va meteorologik tizimlar bilan jihozlangan. Bu tizimlar aeroportda barcha turdagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Omborlarga ega yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Aerodromda avtomatlashgan meteoroligik tizim, radiotexnik, yorug‘lik-signal beruvchi va ornitologik qurilmalar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

23:15 / 05.08.2025
BMT konferensiyasida o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston pavilyoni namoyish etildi

22:12 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda bir qancha davlat yetakchilari bilan uchrashdi

13:08 / 05.08.2025
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston ordeni bilan mukofotlandi

12:12 / 05.08.2025