Turkiya Iroq shimolida ham harbiy amaliyotni o‘tkazishi mumkin

Foto: AP
Turkiya va Iroq hukumati Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi qo‘shma harbiy amaliyotni o‘tkazadi. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN Turk.
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Iroq hukumati 12 maydagi parlamentlik saylovlaridan so‘ng amaliyotni boshlamoqchi.
«Iroq hukumati mamlakatni terrorchilik tashkilotlaridan tozalashni xohlamoqda», - deya bunday qarorga izoh bergan turkiyalik vazir.
Anqara ayni damda Suriyaning Afrinida kurdlarga qarshi «Zaytun novdasi» nomli harbiy amaliyotni o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid

10:20 / 12.06.2025
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025