Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» 4ta gol o‘tkazib yutqazdi (Video)

Foto: AFC
Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
«Nasaf» Qatarga sayohat qilib, «As-Sadd» bilan bellashdi. O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Guruhning yana bir o‘yinida «Persepolis» safarda «Al-Vasl»ni kichik hisobda yengdi. Natijada, «S» guruhida «As-Sadd» va «Persepolis» 9 ochko jamg‘arib, 1 va 2-o‘rinda bormoqda. «Nasaf» hisobida 6 ochko bor.

OChL-2018, S guruhi, 4-tur
As-Sadd (Qatar) – Nasaf (O‘zbekiston) - 4:0
Gollar: Xavi (3), Abdulkarim Hasan (15), Bag‘dod Bunedja (43), Jugurta Hamrun (70)
Bosh hakam: Axmad Al Kaff (Ummon). Qanot hakamlari: Abubakr Alamri (Ummon), Rashid Al Gayti (Ummon). To‘rtinchi hakam: Qosim Al Xatmi (Ummon). Nazoratchi: Viktor Kolpakov (Qirg‘iziston). Komissar: Abdulg‘affor Abdulxamad (Maldiv orollari)
As-Sadd: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag‘dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).
Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliyev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (20.Islom Kenjaboyev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov 45.
Al-Vasl (BAA) - Persepolis (Eron) - 0:1
Gol: Kamyabiniya (37)
Mavzuga oid

16:56 / 07.07.2025
«Nasaf» klubi matbuot xizmati xodimi raqiblarni haqoratladi. U ishdan bo‘shatilgan

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

17:54 / 01.11.2024