Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekov Nazarboyev bilan uchrashdi

Foto: AKIpress
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 15 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi, deya xabar beradi AKIpress muxbiri Ostonadan.
N.Nazarboyev Qirg‘iziston rahbarini qutlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi doirasida ko‘plab ishlar amalga oshirilishiga umid bildirdi. Uchrashuv davomida infratuzilma, logistika va savdo masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.
O‘z navbatida S.Jeenbekov Qozog‘iston prezidentiga taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. «Biz mintaqamiz uchun tahdidlar, shuningdek, kapital harakatlari, sarmoyalar, fuqarolarning bo‘lishi, muhojirlarning ishi kabi mavzularni muhokama qilishimiz kerak. Barcha masalalarni muhokama qilish uchun sharoitlar yaratilgan», - dedi u.
Jeenbekov Markaziy Osiyo rahbarlari sammitini tarixiy voqea deb atadi va bunday uchrashuvlar davom etishiga umid bildirdi. «Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash uchun sharoitlar yaratilgan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Mavzuga oid

11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?

21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi

19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida

16:27 / 03.01.2025