Shimoliy va Janubiy Koreya diplomatlari o‘rtasidagi muzokaralar qayerda bo‘lishi ma'lum

Foto: Reuters
Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi KXDR va Janubiy Koreya diplomatlari o‘rtasidagi muzokaralar Xelsnikida bo‘lib o‘tishi haqida ma'lum qildi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
"Shimoliy va Janubiy Koreya diplomatlarining uchrashuvi yaqin orada Xelsnikida bo‘lib o‘tadi", - dedi Finlyandiya TIV kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Vesa Xyakkinen.
U shuningdek mamlakat hukumati faqat uchrashuv vositachisi sifatida qatnashayotganini ta'kidladi.
Bundan avval KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvning bosh kuratori MRB bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid

10:16
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

09:43 / 26.04.2025
Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025