AQSh milliy xavfsizlik kengashi Trampga rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishni maslahat berdi

Foto: Yuri Gripas / Reuters
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuz bergani tufayli rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha tavsiya berdi. Bu haqda CNN telekanali vaziyatdan xabardor manbaga asosan xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, tavsiyada AQShdan rossiyalik necha nafar diplomatning chiqarib yuborilishi lozimligi aytilmagan – bu raqam kengash tomonidan keyinroq e'lon qilinadi. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Tramp tavsiya bilan tanishib chiqdi hamda ayni damda bu borada qaror qabul qilishga chog‘lanmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, prezident tegishli qarorni yaqin vaqt ichida qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeIdagi qaysi davlatlar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

11:30
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi

10:15
🔴 LIVE: Eron AQSh bilan to‘qnashadimi?

01:54