Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asli farg‘onalik millioner O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurmoqchi

Foto: CA News
O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan, 38 yoshli mashinasoz Ulug‘bek Maqsumov ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiladi. U O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CA-news yozmoqda.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, unda bunday xohish prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z mablag‘ini yo‘naltirmoqchi bo‘lgan investorlar uchun «qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi» qarori va bayonotidan so‘ng paydo bo‘ldi.
- O‘zbekiston prezidenti tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar xalq farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan. Men Farg‘onada katta bo‘lganman. Vatanimga borib, yuzlab ish o‘rinlarini yaratish hamda o‘z davlatim rivojiga hissa qo‘shish istagidaman, - deydi Ulug‘bek Maqsumov.
Maqsumov Birlashgan Arab Amirliklariga 2006 yilda sayyoh sifatida kelgan. 2012 yilda u Dubayda INKAS harbiy va noharbiy zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni ochdi. Ayni damda ushbu zavod yiliga o‘rtacha 800ta zirhli avtomobil ishlab chiqaradi. INKAS Dubayda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik zavod hisoblanadi.
Ulug‘bek Maqsumovning aytishicha, hozirda uning zavodi zirhli avtomobillarning o‘nta modelini ishlab chiqaryapti.
Mavzuga oid

17:30 / 01.08.2025
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:46 / 30.07.2025
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

21:50 / 23.07.2025