Falcon 9 raketasi 10 ta aloqa sun'iy yo‘ldoshi bilan koinotga uchirildi

Foto: AP Photo/Terry Renna
SpaceX kompaniyasi 30 martda Falcon 9 raketasini 10 ta Iridium NEXT telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshi bilan fazoga uchirdi.
Parvoz Vandenberg bazasidan AQShning g‘arbiy sohili vaqti bo‘yicha soat 7:13da amalga oshirilgan. Raketaning birinchi pog‘onasidan takroran foydalanilgan, u 2017 yil oktabrda Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshlarini koinotga uchirishda qo‘llangan. Bu gal pog‘ona saqlanib qolinmaydigan bo‘ldi.
Parvoz bir kun avval amalga oshirilishi kerak bo‘lgan, biroq sun'iy yo‘ldoshlardan biridagi muammo sababli qoldirilgan.
Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshlari Iridium Communications kompaniyasiga tegishli. Bu kompaniya xalqaro mobil aloqa operatori bo‘lib, Virjiniya shtatida joylashgan. Kompaniya Thales Alenia Space kompaniyasi bilan 81 ta Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshini yig‘ib, sinovdan o‘tkazish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan.
Bu sun'iy yo‘ldoshlardan 75 tasini uchirish SpaceX’ga topshirilgan. Bu sun'iy yo‘ldoshlar 2018 yil o‘rtalarigacha orbitada joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

22:22 / 18.04.2025
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi

21:39 / 17.04.2025
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

18:22 / 01.04.2025