General-mayor Davron Nazarmuhamedov YeXHT maxsus vakilini qabul qildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili va koordinatori Madina Djarbussinova boshchiligidagi delegatsiya a'zolari rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Mehmonlarni Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qilgan.
Uchrashuvda D.Nazarmuhamedov delegatsiya a'zolariga mamlakat ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi. U o‘z so‘zida mazkur islohot va o‘zgarishlar respublika ichki ishlar organlari faoliyatida «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili ustuvorligini ta'minlashga qaratilganligini qayd etdi.
Shuningdek, mehmonlarga respublikadagi jinoyatchilik holati yuzasidan ma'lumot berildi. Xususan, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida, 2017 yilda odam savdosi bilan bog‘liq majburiy mehnatdan foydalanish jinoyati 39,5 foizga, jinsiy ekspluatatsiya jinoyati 81,6 foizga kamayganligi ta'kidlandi. Shu o‘rinda, odam savdosi jinoyatini oldini olish maqsadida, aholi o‘rtasida qator profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilayotgani aytildi.
Uchrashuv so‘ngida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.
Mavzuga oid

00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

20:32 / 18.05.2025