Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Davlat rahbari Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron o‘q otish trenajyori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga g‘oyaga xizmat qilishi zarur. Bu yer iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Forish” poligoni maydoni tekislik, murakkab tog‘ va qoyalardan iborat. Bu yerda o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari batalon taktik guruhlarning tog‘ va cho‘l hududlarida, favqulodda o‘zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to‘la bajarishga o‘rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qiladi.



Prezident tashrifi chog‘ida 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlari namoyish etildi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko‘zdan kechirdi.







Mavzuga oid

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025